Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari Jamşid Xöjayev Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vaziri etib tayinlandi.
Xöjayev şu yilning avgustidan buyon Hisob palatasida faoliyat körsatib kelayotgandi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, 2012 yil yanvaridan buyon uşbu lavozimda işlab kelgan Elyor Ğaniyev prezident devoniga sektor boşliği sifatida ötkazilgan.
Elyor Ğaniyev 1997-2002 yillarda Taşqi Iqtisodiy aloqalar vaziri, 2002-2005 yillarda Taşqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (boş vazir örinbosari), 2005-2006 yillarda Taşqi işlar vaziri (boş vazir örinbosari), 2006-2010 yillarda Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bölib işlagan. U 2010-2012 yillarda yana Taşqi işlar vaziri (Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari), 2012 yil yanvaridan Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbari sifatida faoliyat körsata boşlagandi.
















