Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 14 yoshli qizini kaltaklagan ota 3 yilga qamaldi
Ayblanuvchi o‘z qizini bir yil davomida muttasil kaltaklab kelgan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudida joriy yilning aprel oyida 14 yoshli qizini kaltaklagan otaga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Oliy sud matbuot xizmati xabar berishicha, R. T. oxirgi bir yil davomida muttasil ravishda o‘zining 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizini har xil so‘zlar bilan haqoratlab, urib-do‘pposlab, qiynab kelgan.
Sud hukmiga muvofiq R. T. Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
- Shu yilning aprel oyida ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumanida ota-ona voyaga yetmagan qizni urayotgani aks etgan videolavha tarqalgandi. Mazkur holat voyaga yetmagan qizning amakisi tomonidan videotasvirga olinib, IIBga xabar berilgan.
- Zo‘ravon otaga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Qiz esa mahalla qaramog‘iga olinib, xavfsizligi ta’minlangani, uni vasiylikka berish masalasi ko‘rib chiqilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:31 / 19.02.2026
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15:27 / 16.02.2026
Germaniyada 2025 yilda temiryo‘l vokzallarida qariyb 1000 ta pichoqli hujum sodir bo‘lgan
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
09:12 / 21.01.2026