Ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumanida ota-ona voyaga yetmagan qizni urayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Mazkur holat voyaga yetmagan qizning amakisi tomonidan videotasvirga olinib, IIBga xabar berilgan. Viloyat IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, 16 aprel kuni taxminan soat 11:30 da Koson tumani Qorabayir mahallasida yaşovçi 2009 yilda tuğilgan X.G. onasi — 1982 yilda tuğilgan M.M. hamda otasi — 1978 yilda tuğilgan T.R. tomonidan kaltaklangan.

Videoda ayol yerda ötirgan va yiğlayotgan qizni örnidan turğaziş uçun qaltiq siltayotganini köriş mumkin. Şu vaqtda ular tomoniga qöliga xivçin kötargan ota çopib keladi. Qiz esa keng poliz böylab çopib ketadi. Ayol uning yölini tösib çiqadi va uşlab oladi, ota yetib kelib qizni savaly boşlaydi, şunda ayol bu holat videoga olinayotgani uçun otani töxtatişga urinadi.

Holatni tasvirga olayotgan amaki esa bir neça bor şunday takrorlaydi: «Oilaviy qamataman senlarni». Şundan keyin u videoni içki işlar organiga yuborgan.

Hozirda voqea iştirokçilarining barçasi aniqlanib, tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.

Qayd etilişiça, qizning otasi ruhiy kasalliklar dispanseriga tekşiriş uçun yuborilgan. Jabrlanuvçi qizga nisbatan yetkazilgan tan jarohatlarini aniqlaş uçun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

«Novosti Kaşkadari» telegram-kanali ma’lumotiga köra, videodagi ayol — qizning ögay onasi hisoblanadi. 2018 yilda qizning onasi YTH oqibatida halok bölgan, şundan keyin ota yana uylangan.

Boş prokuratura matbuot xizmati Koson tumanida sodir bölgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynaş) bilan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berdi. 

«Hozirda bir nafar gumonlanuvçi şaxs protsessual tartibda uşlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.