Jinoyat işlari böyiça Koson tuman sudida joriy yilning aprel oyida 14 yoşli qizini kaltaklagan otaga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Oliy sud matbuot xizmati xabar berişiça, R. T. oxirgi bir yil davomida muttasil ravişda özining 2009 yilda tuğilgan voyaga yetmagan qizini har xil sözlar bilan haqoratlab, urib-döpposlab, qiynab kelgan.
Sud hukmiga muvofiq R. T. Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynaş) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
- Şu yilning aprel oyida ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumanida ota-ona voyaga yetmagan qizni urayotgani aks etgan videolavha tarqalgandi. Mazkur holat voyaga yetmagan qizning amakisi tomonidan videotasvirga olinib, IIBga xabar berilgan.
- Zöravon otaga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynaş) bilan jinoyat işi qözğatilgandi. Qiz esa mahalla qaramoğiga olinib, xavfsizligi ta’minlangani, uni vasiylikka beriş masalasi körib çiqilayotgani xabar qilingandi.













