Kuvayt bilan O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish bo‘yicha memorandum imzolanadi
Kuvaytdagi turli kompaniyalar, restoranlar va mehmonxonalardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchixonasi rahbariyati, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili hamda Kuvaytning HIREO Placement Consulting Co. kompaniyasi ta’sischisi va ijrochi direktori Muhsin al-Jadaan o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Suhbat chog‘ida Kuvaytdagi turli kompaniyalar, restoranlar va mehmonxonalardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Kuvayt tomoni O‘zbekiston rahbariyati tomonidan qonuniy migratsiyani tashkil qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, qabul qilinayotgan dasturlar, shuningdek, xorijga ishlash uchun yuboriladigan fuqarolarga qo‘yiladigan talablar, ularni til bilish darajasi va kasbiy ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Muhsin al-Jadaan HIREO Placement Consulting Co. kompaniyasi faoliyati haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, kompaniya Kuvaytdagi turli korxonalarga barcha toifadagi xorijiy ishchilarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuv yakunida migratsiya yo‘nalishidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasini ishlab chiqish va imzolash to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:50
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
13:27 / 21.11.2024
O‘zbekiston fuqarolari Malayziyada qonuniy asosda ish bilan ta’minlanishi mumkin
12:33 / 21.11.2024