Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akkreditatsiya markazi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga o‘tadi - Prezident qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish, eksportga yo‘naltirilgan va raqobatbardosh tovarlar, ishlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish, mamlakat iste'mol bozorini sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish maqsadida qabul qilingan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining:
- O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi «O‘zbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi» Davlat korxonasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida Akkreditatsiya markazini tashkil etish;
- O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish va inspeksiya nazorati bo‘yicha vazifalarini, sinov va kalibrlash laboratoriyalarini, shuningdek, ilgari berilgan akkreditatsiya guvohnomalari to‘g‘risidagi markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasi va materiallarni Akkreditatsiya markaziga o‘tkazish haqidagi takliflari ma'qullangan.
Akkreditatsiya markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro standartlarga ko‘ra akkreditatsiya qilish, shuningdek, muvofiqlikni baholash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlar va metrologiya xizmatlarining belgilangan shartlar va talablarni bajarishi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
- xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilish, ushbu sohada xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish;
- muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasida milliy va xalqaro ilmiy-tadqiqot, ta'lim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi vazifalarini bajarish.
Mavzuga oid
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
08:27 / 17.03.2026