O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2021
3193
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda institutga kiritishini aytib fuqarodan 2000 dollar olgan o‘qituvchi ushlandi

Navoiy davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, fuqarodan 2000 AQSh dollari olgan o‘qituvchi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi A.X. ushlangan. U fuqaro S.ni «Musiqa ta'limi» yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish amaliy imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishini tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga yaqin qarindoshi T. orqali 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid