Jamiyat | 18:13 / 05.01.2020
21415
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada bir oilaning ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida bir oilaning ikki farzandi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 5 yanvar kuni soat 08:30da Farg‘ona viloyati Quva tumani «Toshkent» MFY, Qo‘rg‘oncha ko‘chasi 82-uyda istiqomat qilgan oilaning ikki farzandi behush holda tumandagi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazining jonlantirish bo‘limiga olib kelingan.

«Farg‘ona viloyati Quva tumani «Toshkent» MFY, Qo‘rg‘oncha ko‘chasi 82-uyda pechkaga shlang orqali gaz tortilib isitilgan, shlang pechkadan chiqib uyning lenoliumli pol qismiga tushib pol yongan, bolalar divan yoniga yashiringan, ota-onalari uydan tashqarida bo‘lgan, yong‘in katta bo‘lmagani sababli ota-onasi xabarsiz qolgan, yong‘in oqibatida bolalar hushdan ketgan», deyiladi xabarda.

2018 yil 14 yanvarda tug‘ilgan R.X va uning opasi, 2017 yil 14 mayda tug‘ilgan R.O shifoxonaga olib kelingan vaqtda jonsiz holda bo‘lgani aniqlangan.

Mavzuga oid