Farğona viloyatining Quva tumanida bir oilaning ikki farzandi is gazidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, 5 yanvar kuni soat 08:30da Farğona viloyati Quva tumani «Toşkent» MFY, Qörğonça köçasi 82-uyda istiqomat qilgan oilaning ikki farzandi behuş holda tumandagi Şoşilinç tibbiy yordam körsatiş markazining jonlantiriş bölimiga olib kelingan.
«Farğona viloyati Quva tumani «Toşkent» MFY, Qörğonça köçasi 82-uyda peçkaga şlang orqali gaz tortilib isitilgan, şlang peçkadan çiqib uyning lenoliumli pol qismiga tuşib pol yongan, bolalar divan yoniga yaşiringan, ota-onalari uydan taşqarida bölgan, yonğin katta bölmagani sababli ota-onasi xabarsiz qolgan, yonğin oqibatida bolalar huşdan ketgan», deyiladi xabarda.
2018 yil 14 yanvarda tuğilgan R.X va uning opasi, 2017 yil 14 mayda tuğilgan R.O şifoxonaga olib kelingan vaqtda jonsiz holda bölgani aniqlangan.











