Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarboyjon rahbarlari uch tomonlama sammit o‘tkazadi
Uch mamlakat rahbari ertaga, 22 avgust kuni Turkmanistonning “Avaza” sayyohlik zonasida uchrashib, ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi. Qator qo‘shma hujjatlar imzolanadi.
Foto: mapchart.net
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22 avgust kuni “Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston” formatidagi uch tomonlama sammitda ishtirok etish uchun ushbu mamlakatda bo‘ladi.
“Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan tadbirda ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Avazada bo‘lib o‘tgan BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyev, Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadovning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
21:36 / 25.12.2025
Qozog‘iston AZAL samolyoti halokati tergovining dastlabki tafsilotlarini oshkor qildi
10:53 / 25.12.2025
Yaponiya Markaziy Osiyoda 3 trillionlik yangi loyihalarni rejalashtirmoqda
14:10 / 22.12.2025
“Rossiya har doimgidek jarayonlarga aralashib, nazoratni yo‘qotmaslikka harakat qilmoqda” - Rabbimov
16:24 / 20.12.2025