Jahon | 07:12 / 31.07.2018
23683
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda sayyohlarga qilingan hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

Foto: Akhbor

Tojikistonda xorijlik sayyohlarga qilingan hujum uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi, deb xabar berdi ekstremistlarning axborot faolligini monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi SITE Intelligence Group kompaniyasi.

Avvalroq Tojikiston IIV matbuot xizmati Xatlon viloyatining Dang‘ara tumanida avtomobil bostirib borishi natijasida mamlakatda velosipedda sayr qilib yurgan to‘rt nafar xorijlik: ikki nafar AQShlik hamda Niderlandiya va shveysariyalik fuqaro halok bo‘lganini bildirgandi. Yana uch sayyoh jarohatlangan.

Dushanba kuni sayyohlarga hujum qilishda ishtirok etgan uch nafar jinoyatchi yo‘q qilingan. Hujumga aloqadorlikda gumonlanib yana bir necha kishi qo‘lga olingan.

Mavzuga oid