20:28 / 30.07.2018
39936

Tojikistonda xorijlik sayyohlarga hujum qilganlarning barchasi yo‘q qilindi

Tojikistonda sayyohlar guruhi ustiga avtomobilda bostirib borgan, so‘ngra pichoq va o‘qotar qurollar bilan hujum qilgan barcha jinoyatchilar zararsizlantirildi. Bu haqda Tojikiston IIV xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sayyohlarga hujum qilgan uch nafar shaxs yo‘q qilingan.

Foto: Tojikiston IIV

«Qidiruvga berilgan uch nafar jinoyatchi Dang‘ara tumanining Osmondara qishlog‘i hududida zararsizlantirildi», — deyiladi vazirlik xabarida.Avvalroq Tojikistonda yengil avtomobilning velosipedchilar guruhini urib ketishi oqibatida to‘rt nafar

xorijlik sayyoh halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Halok bo‘lganlarning ikki nafari AQSh, ikki nafari Niderlandiya va Shveytsariya fuqarolari bo‘lgan.

Top