O‘zbekiston | 12:45 / 08.01.2021
28690
1 daqiqa o‘qiladi

Qurilish vaziri o‘rinbosari: 15 apreldan xonadonlar “korobka” holatida qabul qilinmaydi

2021 yil 15 apreldan O‘zbekistonda qurilayotgan uylar “korobka” holida sotilmaydi. Bu haqda qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Vazir o‘rinbosari bunday qarorga kelishga sabab sifatida qurilish tashkilotlari "korobka" holatidagi uyning devorosti maydonlarini ham xonadon maydoniga qo‘shib yuborayotganligini ko‘rsatdi.

“Endilikda, uy xonadonlarining devorlari va barcha kommunikatsiya tizimlari o‘tkazilgan bo‘lsagina foydalanishga qabul qilinadi” – deydi Sh.Hidoyatov.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, yangi qurilayotgan uylarni xaridorlarga yashash uchun tayyor ta'mirli holatda yoki “korobka” holida sotishga taqiq mavjud emas.

Mavzuga oid