O‘zbekiston | 18:10 / 22.07.2025
15211
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuraturaning Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘z xohishi bilan ishdan olindi

Adliya katta maslahatchisi Alijon Abdullayev, o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan, Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi. Bunga qadar DXX mas’ul lavozimida ishlagan Abdullayev 2020 yil noyabr oyida Bosh prokuraturaga kelgandi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldashevning tegishli buyrug‘i bilan, Adliya katta maslahatchisi Alijon Abdullayev Siddiqovich, o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Alijon Abdullayev 2020 yil 20 noyabr kuni Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, Alijon Abdullayev 1953 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1977 yilda sobiq Ittifoq Davlat xavfsizligi qo‘mitasi Oliy kurslarini tamomlagan.

Abdullayev — tayinlovga qadar O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining mas’ul lavozimlarida ishlagan.

Abdullayevga qadar 2019 yil 3 iyuldan 20 iyunga qadar Sodiqjon Nazarov Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid