2026 yil 25 fevral kuni Toşkent şahrining Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turğunov avtomaşinada yöl-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eşnazarovni urib yuborgan edi. Keyinçalik inspektor oğir jarohatlar oqibatida vafot etdi. Boş prokuratura xabariga köra, jinoyat işi doirasida Doniyor Turğunov qamoqqa olindi.

Ta’kidlanişiça, Turğunov Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qoçiş, 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini nazarda tutadi) va 104-moddasi 3-qismi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini nazarda tutadi) “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Sudning 28 fevral kungi ajrimi bilan gumon qilinuvçi Turğunovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Qayd qilinişiça, tergov ustidan nazorat şaxsan Boş prokuror tomonidan örnatilgan.