O‘zbekiston | 10:30 / 13.07.2018
40881
4 daqiqa o‘qiladi

Maqsadli qabul uchun istisno bo‘ladigan 41ta kollej ro‘yxati tasdiqlandi

12 iyul kuni «Kun.uz»da nashr qilingan jizzaxlik va buxorolik abituriyentlar uchun qo‘shimcha maqsadli qabul kvotalari belgilangani haqidagi xabarda maqsadli qabulning o‘zi nimaligi to‘g‘risida ham ma'lumot berilgan edi.

Maqsadli qabul - bu ayrim yo‘nalishlarda faqat ma'lum bir hudud uchun ajratilgan davlat granti shaklidagi qabul kvotalari.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 10-bandiga ko‘ra, maqsadli qabulga topshirish uchun abituriyent faqat tegishli hududning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari tomonidan berilgan diplomga ega bo‘lishi shart edi.

Biroq mazkur qoidaga ayrim o‘zgarishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-son bayoni bilan akademik litseylar va respublika miqyosidagi 41ta tarmoq kasb-hunar ta'limi muassasalari istisno sifatida belgilangan.

Bu nima degani?

Masalan, surxondaryolik abituriyent Toshkentdagi 1-Respublika tibbiyot kollejida o‘qigan bo‘lsa, endi bemalol tibbiyot oliygohlarining Surxondaryo viloyati uchun ajratilgan maqsadli qabuliga hujjat topshira oladi.

Qaysi yo‘nalishlarda maqsadli qabul bor?

Joriy yilda tibbiyot hamda irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida maqsadli qabul kvotalari e'lon qilingan.

Bundan tashqari yana ayrim yo‘nalishlarda ham kam sonli maqsadli qabul kvotalari mavjud. Ularning to‘liq ro‘yxatini qabul jarayonlari uchun yaratilgan Davlat test markazining maxsus platformasi orqali ko‘rishingiz mumkin.

Agar ma'lum bir yo‘nalish to‘g‘risiga qavs ichida hudud nomlari yozilgan bo‘lsa, bilingki, o‘sha yo‘nalish uchun maqsadli qabul tashkil etilgan.

Ryespublika miqyosidagi tarmoq kasb-hunar ta'limi muassasalari ro‘yxati

  1. 1-Toshkent pedagogika kolleji;
  2. 2-Toshkent yuridik kolleji;
  3. Qo‘yliq maishiy xizmat kasb-hunar kolleji;
  4. M.Ulug‘bek sanoat kasb-hunar kolleji;
  5. M.Ulug‘bek texnologiya kasb-hunar kolleji;
  6. Olmazor politexnika kasb-hunar kolleji;
  7. Respublika dizayn kolleji;
  8. Respublika rassomlik kolleji;
  9. Respublika televideniye va radio kasb-hunar kolleji;
  10. Sergeli yengil sanoat va servis kasb-hunar kolleji;
  11. Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji;
  12. Seregli sanoat kasb-hunar kolleji;
  13. Toshkent aviasozlik kolleji;
  14. Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji;
  15. Toshkent bank kolleji;
  16. Toshkent bank hisob-kredit kolleji;
  17. Toshkent geodeziya va kartografiya kasb-hunar kolleji;
  18. Toshkent gidrometeorologiya kasb-hunar kolleji;
  19. Toshkent iqtisodiyot va servis kolleji;
  20. Toshkent ixtisoslashgan sanoat kasb-hunar kolleji;
  21. Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji;
  22. Toshkent madaniyat kolleji;
  23. Toshkent mehmonxona xo‘jaligi va servis kasb-hunar kolleji;
  24. Toshkent mehr-shafqat kasb-hunar kolleji;
  25. Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji;
  26. Toshkent soliq kolleji;
  27. Toshkent telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji;
  28. Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji;
  29. Toshkent turizm va biznes kasb-hunar kolleji;
  30. Toshkent turizm kasb-hunar kolleji;
  31. Toshkent xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kolleji;
  32. Toshkent estrada-sirk kolleji;
  33. Chilonzor matbaa kasb-hunar kolleji;
  34. Shayxontohur transport kasb-hunar kolleji;
  35. Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji;
  36. Yunusobod mashinasozlik kasb-hunar kolleji;
  37. 1-Respublika tibbiyot kolleji;
  38. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji;
  39. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan Farg‘ona shahar Respublika kasb-hunar kolleji;
  40. Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun Respublika kasb-hunar kolleji;
  41. Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus kasb-hunar kolleji.

Mavzuga oid