Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-son bayoni bilan Jizzax va Buxoro viloyatidagi yoşlar uçun ayrim OTMlarda davlat granti şaklida qöşimça maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi. Şuningdek, uşbu viloyatlar hududidagi ayrim OTMlarda viloyatdagi tumanlar kesimida ham maqsadli qabul kvotalari belgilangan.

Uşbu qöşimça maqsadli qabul kvotalari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 16-17 fevral kunlari Buxoro viloyatiga hamda 30-31 mart kunlari Jizzax viloyatiga taşrifi davomida bergan topşiriqlari asosida joriy etildi.

Maqsadli qabul nima özi?

Ma'lumot örnida eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga binoan, ayrim yönalişlar böyiça hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud böyiça alohida ötkaziladi.

Maqsadli qabulga hudud böyiça doimiy propiska asosida qabul qilinadimi?

Nizomning 10-bandiga asosan, maqsadli qabulda qatnaşmoqçi bölgan abituriyentlar tegişli hududda yaşayotgan bölişi lozim. Agar doimiy propiskasi öşa hududda bölsayu, lekin maqsadli qabulga tuşmaydigan hududda yaşayotgan bölsa, unda öşa abituriyent maqsadli qabulda qatnaşa olmaydi.

Maqsadli qabulga öşa hududdagi litsey yoki kollejni tugatgan bölişi şartmi?

Maqsadli qabulga faqat tegişli hududda yaşayotgan va hududning örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari tomonidan berilgan diplomga ega bölgan abituriyentlar hujjat topşira oladi. Masalan, jizzaxlik abituriyent örta maxsus ta'limni Toşkent şahrida olgan bölsa, unda mazkur maqsadli qabul kvotalariga da'vogarlik qila olmaydi, u albatta Jizzax viloyatidagi (tumandagi) ta'lim muassasasida tahsil olgan bölişi şart.

Agar maqsadli qabulga topşirgan abituriyent tomonidan töplangan ball davlat grantiga yetmasayu, lekin kontraktga kiriş uçun yetsa, unda kontrakt asosida qabul qilinadimi?

Ha, qabul qilinadi. Nizomning 3-bandiga asosan, maqsadli qabul tanlovida qatnaşib davlat granti asosida qabul qilinmagan abituriyentlar mazkur ta'lim yönalişida töplagan test ballari bilan umumiy tölov-kontrakt doirasidagi tanlovda iştirok etadi.