O‘zbekiston | 12:42 / 23.06.2021
23315
1 daqiqa o‘qiladi

Diplomatiya universiteti va Yuridik universitet rektorlari vazir o‘rinbosarligiga o‘tkazildi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va vazir Abduqodir Toshqulov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilish davomida siyosiy fanlar nomzodi Komiljon Karimov oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori Rahim Hakimov vazirning fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tanishtirildi.

Abdujabbor Abduvohidov

Komiljon Karimov mazkur tayinlovga qadar 2020 yilning 17 sentyabridan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Rahim Hakimov esa 2019 yilning sentyabridan buyon Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shu paytga qadar vazirlikda birinchi o‘rinbosar va ikki o‘rinbosar lavozimi vakant edi. Bugungi tayinlovlar bilan ushbu bo‘sh o‘rinlar to‘ldirildi.

Mavzuga oid