Hukumat qarori bilan Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori Komiljon Hamidoviç Karimov lavozimidan ozod etildi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori etib tayinlandi.

Komiljon Karimov

Komiljon Karimov 2015 yildan Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori sifatida faoliyat yuritgan. Turli yillarda u BMT, YuNeSKO va YUNISEF taşkilotlarida turli lavozimlarda işlagan va ta'lim hamda soğliqni saqlaş sohasida rivojlaniş masalalari bilan şuğullangan.

2018 yil avgustidan buyon Abdujabbor Abdusattaroviç Abduvohidov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori vazifasini bajarib kelayotgandi va endi unga yuklatilgan bu vazifa bekor qilindi.

Öz navbatida hukumatning tegişli qarori bilan Xalqaro Vestminster universitetida Bahrom Ravşanoviç Mirqosimov yangi rektor sifatida iş boşlagan.

Bahrom Mirqosimov şu vaqtgaça universitetda prorektor lavozimida işlab kelayotgandi.