Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi

Rahim Hakimov / Foto: KUN.UZ
Rahim Rasuljonovich Hakimov adliya vaziri o‘rinbosari - Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Rahim Hakimov 1983 yil Namangan viloyati, Chust tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. 2003 yilda Namangan davlat universiteti, 2005 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi - huquqshunos. U yuridik fanlar doktori hisoblanadi.
R. Hakimov shu kunga qadar Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori sifatida ishlab kelayotgandi. Shuningdek, u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a'zosi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi qaroriga asosan Yesemurat Kanyazov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimidan ozod etilgandi.
U Adliya vazirining 2019 yil 29 avgustdagi buyrug‘i bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bundan oldin, Toshkent davlat yuridik universiteti bayonot bilan chiqqani, u universitetning korrupsion imiji haqida ekani ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorvatiyada og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Jamiyat | 21:14
-
Leapmotor avtomobili Piskentdagi sinovda ijobiy natija ko‘rsatdi. Taqiq hali yechilmadi
O‘zbekiston | 20:59
-
Blue Origin faqat ayollardan iborat ekipaj bilan suborbital parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
Jahon | 20:54
-
Tramp Grenlandiya va Zelenskiy tufayli CBS nashridan darg‘azab bo‘ldi
Jahon | 20:45
Mavzuga oid

07:43 / 14.04.2022
Arxitektura yodgorligi bo‘lgan Yuridik universitet binosida o‘zboshimchalik bilan devorlar teshilgani aniqlandi

18:07 / 10.12.2021
Akbar Toshqulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi

13:14 / 30.10.2021
Yuridik universitetga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi

09:17 / 18.08.2021