Jahon | 18:26 / 01.10.2019
5889
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yetakchilari yagona moliya bozori konsepsiyasini tasdiqladi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar yetakchilari Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishida yagona moliya bozori konsepsiyasini tasdiqladi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, bu bilan "kapital va xizmatlarning erkin harakatlanishini ta'minlash uchun asos yaratildi".

Belarus rahbari shuningdek, bunday bozorning shakllanishi raqamlashtirish bilan birgalikda olib borilishi kerakligini ta'kidladi.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi xalqaro mintaqaviy iqtisodiy integratsiya tashkiloti bo‘lib, unga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya a'zo hisoblanadi. Moldova tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. Vetnam, Eron, Xitoy va Kuba tashkilot bilan erkin savdo zonasi bo‘yicha kelishuv imzolagan. Ittifoq bilan hamkorlik qilishga 50ga yaqin davlat qiziqish bildirmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid