Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi
«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahridagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tantanali marosim boshlandi.
Unda so‘zga chiqqan prezident Shavkat Mirziyoyev butun xalqni, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlarida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarni Navro‘z ayyomi bilan qutladi.
Davlat rahbari o‘z tabrigida bugungi qutlug‘ kun Navro‘z bayrami bilan muborak Ramazon hayiti bir vaqtga to‘g‘ri kelgani alohida ramziy ma’no kasb etishini ta’kidladi.
“Bugun bamisoli ikki azim daryo tutashmoqda – Navro‘z bayramini muborak Ramazon hayiti bilan birga nishonlamoqdamiz”, dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev Navro‘zni tabiatning uyg‘onishi, go‘zallik, yangilanish va ruhiy poklanish timsoli sifatida ta’riflab, ushbu bayram yurtimizga tinchlik, baxt va farovonlik olib kelishini tiladi.
Tantanali marosim Navro‘zning milliy qadriyatlar, bag‘rikenglik va birdamlik ruhini ulug‘lovchi umumxalq bayrami sifatida yuksak ruhda davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:47
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari bilan muloqot qildi
16:36
Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda
14:19
Navro‘z konsertida Amir Temur haqida kompozitsiya qo‘yildi
10:15