Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda bir oyda ikki YPX xodimi tezkor tadbirda ushlandi
Jizzax viloyatida 18 oktyabr va 18 noyabr kunlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Ulardan biri mast haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik uchun 1 500 dollar talab qilgan.
Jizzax viloyatida bir oyda ikki nafar yo‘l-patrul xizmati xodimi jinoyat ustida ushlandi. Buni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, 1993 yilda tug‘ilgan Sh.U. Jizzax viloyati IIB YHXB birinchi safarbarlik katta inspektori lavozimida ishlab kelgan. U spirtli ichimlik iste’mol qilgan haydovchidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik uchun 1 500 dollar talab qilgan.
Sh.U. 2025 yil 19 oktyabr kuni haydovchining jami 18 mln so‘m pul mablag‘ini qo‘lga kiritgan. 18 noyabr kuni ushbu mablag‘ning 500 dollarini Jizzax shahrida haydovchining akasiga qaytarib berayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.
2025 yil 18 oktyabr kuni viloyatning Baxmal tumanida yo‘l-patrul xizmati xodimi mayor A.Q. ham tezkor tadbirda 1 mln so‘m bilan ushlangan.
Hozircha har ikki holat bo‘yicha rasmiy axborot berilmadi.
Avvalroq Sirdaryo viloyati Xovos tumanida IIBning ikki tezkor xodimi pora olayotganda ushlangandi.
Mavzuga oid
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
15:20 / 02.12.2025
Prezident Jizzaxda yangi tibbiyot klasterining dastlabki bosqichi bilan tanishdi
11:04 / 02.12.2025
Shavkat Mirziyoyev “Afrosiyob” poyezdida Jizzax viloyatiga yo‘l oldi
13:34 / 26.11.2025