O‘zbekiston | 23:19 / 25.06.2020
9384
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijdagi abituriyentlar imtihonlar boshlanishidan kamida uch hafta avval qaytib kelishi kerak – DTM

Hozirda xorijda bo‘lib turgan, 2020/21 o‘quv yili uchun qabulga onlayn hujjat topshirgan abituriyentlar kirish imtihonlariga kamida 3 hafta qolganda O‘zbekistonga qaytishi kerak, deb ma'lum qilindi 25 iyun kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga ko‘ra, xorijdagi abituriyentlar testlar boshlanishidan kamida uch hafta oldin kelishlari lozim.

Ular karantin talablarini to‘liq bajarganlaridan so‘ng, Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligi taqdim etgan xulosalari asosida test sinovlariga kiritiladi.

Mazkur tartib yuzasidan Davlat test markazining Kun.uz`ga bergan izohiga ko‘ra, abituriyent imtihongacha uch hafta bo‘lgan muddatda O‘zbekistonga qayta olmasa yoki karantinda saqlangan vaqtida unda virus aniqlansa, kirish imtihonlarida ishtirok eta olmaydi.

Саодат Абдураҳмонова
Tayyorlagan Саодат Абдураҳмонова

Mavzuga oid