Isitmasi bor abituriyentlar testga kiritilmaydi. Ulardan qachon imtihon olinishi ma'lum qilindi
2020/21 o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan kirish imtihoni kunida abituriyentning tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lsa, imtihonga kiritilmaydi. Test sinovlari to‘liq yakunlangach, to‘rtinchi kuni shunday abituriyentlar uchun imtihon o‘tkaziladi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilinishicha, koronavirus pandemiyasi sharoitida test sinovlari jarayonida abituriyentlarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida hududga kiritishda tana harorati 37 darajadan yuqoriligi aniqlangan abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi hamda Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligi mas'ul xodimlari va Davlat test markazi vakili ishtirokida dalolatnoma tuzib, tibbiy tekshiruv o‘tkaziladi.
Mazkur tartib Davlat komissiyasining 1-sonli bayoni bilan belgilanmoqda.
«Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligining tibbiy tekshiruvidan o‘tkazilgan va koronavirus kasalligi aniqlanmagan abituriyentlar uchun respublika bo‘yicha test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng to‘rtinchi kuni test sinovlari o‘tkaziladi.
SES taqdim etgan xulosa asosida test sinovlariga tana harorati yuqoriligi sababli kiritilmagan abituriyentlar DTM tomonidan test sinovi o‘tkazilishidan kamida bir kun oldin (shaxsiy kabinetiga hamda telefoniga xabar yuborish orqali) ogohlantiriladi.
Test sinovlari yakunlangandan 4 kun o‘tgach o‘tkaziladigan imtihonlarda ham abituriyentda tana haroratining yuqoriligi aniqlansa, u imtihonda ishtirok eta olmaydi», deyiladi brifing axborotnomasida.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Maskning sa’y-harakatlari AQSh federal xarajatlarini qisqartira olmadi
Jahon | 18:20
-
Urushning oxiri yaqinmi? Nega Ukraina va Rossiyaga tinchlikka erishish shunchalik qiyin?
Jahon | 18:12
-
Putin: «Kurskda asir tushganlarga terrorchilardek munosabatda bo‘linadi»
Jahon | 18:08
-
Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berildi
O‘zbekiston | 17:56
Mavzuga oid

16:16
Bakalavriatga qabul uchun test topshiriqlari soni va baholash tartibi tasdiqlandi

20:42 / 30.01.2024
Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezonlari o‘zgarmadi

15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

15:07 / 03.11.2023