Davlat komissiyasining 1-son bayoniga ko‘ra, xorijdagi abituriyentlar testlar boshlanishidan kamida uch hafta oldin kelishlari lozim.
Ular karantin talablarini to‘liq bajarganlaridan so‘ng, Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligi taqdim etgan xulosalari asosida test sinovlariga kiritiladi.
Mazkur tartib yuzasidan Davlat test markazining Kun.uz`ga bergan izohiga ko‘ra, abituriyent imtihongacha uch hafta bo‘lgan muddatda O‘zbekistonga qayta olmasa yoki karantinda saqlangan vaqtida unda virus aniqlansa, kirish imtihonlarida ishtirok eta olmaydi.
Isitmasi bor abituriyentlar testga kiritilmaydi. Ulardan qachon imtihon olinishi ma'lum qilindi










