2020 yil pandemiyaga qarshi kurash uchun qancha pul sarflangani ma'lum qilindi
Senatning 5 fevral kuni bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi yalpi majlisida 2020 yilgi davlat dasturi ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi hisoboti tinglandi.
Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha hukumat hisobotida keltirilishicha, ijtimoiy obektlar qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlashga 3 trln. 423 mlrd. so‘m, korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga 2 trln. 485 mlrd. so‘m, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga 1 trln. 340 mlrd. so‘m, sog‘liqni saqlash obektlarini qurish va zarur infratuzilmani yaratishga 1 trln. 22 mlrd. so‘m, mahalliy budjetlar va pensiya jamg‘armasi yo‘qotishlarini qoplashga 595 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘lar sarflangan.
Hisobotda, shuningdek, koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga 3 trln. 962 mlrd. so‘m sarflangani ma'lum qilingan. Gap aynan qanday tadbirlar haqida borganiga aniqlik kiritilmagan.
Ta'kidlanishicha, 2020 yil xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan 9,8 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilgan. 2020 yil 197 ta yirik loyiha ishga tushirilgan. Natijada jami 38 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Yalpi majlisda hukumat hisobotida keltirilgan raqamlarning haqiqatga nechog‘lik yaqinligi, shuningdek, amalga oshirilgan xarajatlar qanchalik maqsadli sarflangani senatorlar tomonidan muhokama qilingan-qilinmagani aniq emas. Parlament yuqori palatasi axborot xizmatining yalpi majlis yakuni bo‘yicha e'lon qilgan rasmiy relizida kun tartibidagi masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilingani ta'kidlangan xolos.
«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat jamg‘armasidagi talon-torojliklar fosh etildi
Mavzuga oid
15:48 / 20.11.2024
Senat qo‘mitalariga raislar saylandi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
12:40 / 19.11.2024
2025 yilda tuman va shaharlar budjetlari 1,5 barobarga oshadi
12:27 / 19.11.2024