Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Şayxontohur tuman bölimi tomonidan Özbekiston “Mehr-şafqat va salomatlik” jamoat jamğarmasi faoliyati yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Mahkama xabariga köra, jamğarma direktori Asrol Mirzahmedov va boşqalar özaro oldindan til biriktirib, dori vositalari va tibbiyot uskunalarini qimmat narxlarda sotib olib, jamğarmaning 2,8 mlrd söm mablağlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jamğarma direktori Asrol Mirzahmedov va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
"Mehr-şafqat va salomatlik" jamoat fondi bir neça yillardan buyon aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj, yakka-yolğiz, nogiron qatlamlarini qöllab-quvvatlab kelmoqda.
"Har yilgi xarajatlar smetasi bir neça milliard sömni taşkil qiladi. Aynan koronavirusga qarşi kuraş doirasida bu fondga e'tibor kuçayib, uning ahamiyati keskin oşib ketdi", – degan edi Asrol Mirzahmedov Kun.uz'ga bergan intervyusida.







