Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energiyasi uchun 50 foizlik chegirma kimlarga beriladi?
Foto: Electricite-agence
Respublikada elektr energiyasidan foydalanishda imtiyozlar joriy etildi, deb xabar bermoqda “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi.
Shu kungacha amaldagi qoidalarga asosan, qurilish va shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalar bilan jihozlangan turar-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste'molchilar tomonidan foydalaniladigan elektr energiyasi uchun to‘lovlar ushbu tarif guruhiga kiradigan amaldagi tarifning 50 foizi miqdorida amalga oshirilar edi. Bunday imtiyozdan faqat o‘n qavatdan baland bo‘lgan turar-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste'molchilarning foydalanishlari mumkin edi.
“O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi respublikada elektr plitalar bilan jihozlangan o‘n qavatdan past bo‘lgan turar-joylar va yotoqxonalar juda ko‘p miqdorda ekanligini inobatga olib, iste'molchilar tomonidan kelgan ko‘p sonli murojaatlarni o‘rganib chiqib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ni tegishli bandlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Qarori loyihasi ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktabrdagi № 838-son qaroriga binoan “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, qurilish va shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p-kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste'molchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi haqi ushbu tarif guruhiga kiradigan amaldagi tarifning 50 foizi miqdorida haq to‘laydi.
Endi elektr plitalari bilan jihozlangan barcha ko‘p xonadonli uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste'molchilar uchun 50 foizlik chegirma amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident elektr energetikasi bo‘yicha yangi qarorni imzolagandi.
Mavzuga oid
09:07 / 12.12.2025
Talabalar uchun poyezd chiptalariga ham 50 foiz chegirma e’lon qilindi
19:31 / 10.12.2025
Raqobat qo‘mitasi soxta chegirmalarga qarshi ogohlikka chaqirdi
12:19 / 23.10.2025
Hukumat qarori: Chakana savdodagi aksiya va chegirmalar haqqoniy bo‘lishi kerak
17:40 / 03.10.2025