"Keksalar haftaligi" va "Keksalar uçun turizm oyligi" doirasida pensionerlarga Özbekiston böylab sayohat qilişi uçun poyezd çiptalariga 20 foiz çegirma e’lon qilindi.

«Öztemiryölyölovçi» xabariga köra, çegirma 2-8 oktyabr kunlari va 1-30 noyabr kunlari barça mahalliy yönalişdagi poyezdlarning (yuqori tezlikda harakatlanuvçi «Afrosiyob» elektropoyezdlaridan taşqari) temiryöl çiptalari uçun amal qiladi,

Çegirma Özbekiston fuqarolariga – 55 yoşdan oşgan ayollar va 60 yoşdan katta erkaklarga amal qiladi.

«Çiptalarni eticket.railway.uz onlayn platformasi orqali elektron tarzda hamda barça çiptaxonalardan sotib olişingiz mumkin», - deyiladi rasmiy xabarda.