O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Hujjat bilan 2018-2020 yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, elektr energiyasi hisobi va iste'molini nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” quyidagilarni nazarda tutgan holda tasdiqlandi:
mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish bo‘yicha loyiha qiymati 2,6 milliard AQSh dollari bo‘lgan umumiy quvvati 1 984 MVt 7 ta investitsiyaviy loyihani amalga oshirish;
jalb qilinadigan kreditlar va “O‘zbekenergo” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan yiliga umumiy uzunligi 7,1 ming kilometr bo‘lgan yangi elektr tarmoqlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, 2 500 ta transformator punktini o‘rnatish va modernizatsiya qilish;
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (keyingi o‘rinlarda – EEHO va NQAT) 7 million iste'molchilarni ulash, 2021 yil yakuniga qadar EEHO va NQAT qamrovini abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha yetkazish;
Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari bilan kelishilgan, umumiy qiymati 1,8 milliard AQSh dollari miqdoridagi uzoq muddatli kreditlarni o‘zlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.N.Aripovga – “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini qat'iy nazoratga olish;
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R.Xolmurodovga – xalqaro moliya institutlari va tashkilotlardan jalb qilinayotgan mablag‘larning o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta'minlash, shuningdek, salohiyatli investorlarni izlash va investorlarga, shu jumladan, ishonchli boshqaruvga beriladigan obektlarni aniqlagan holda elektr energetikasi tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri J.A.Qo‘chqorovga – elektr energetikasi tarmog‘ida loyihalarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish mexanizmlarining sifatli ishlab chiqilishini ta'minlash;














