O‘zbekiston | 10:02 / 14.03.2023
15064
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz» shoxobchalarida AI-92 narxi arzonladi 

UNG Petro benzin quyish shoxobchasi AI-92 uchun bahorgi chegirma e’lon qildi. Shoxobchalarda bunday benzin 7500 so‘mdan sotilyapti. Bungacha narx 9200 so‘mni tashkil qilayotgandi. 

Foto: Kun.uz

«O‘zbekneftgaz» AI-92 benzinga bahorgi chegirma e’lon qildi, bu narx cheklangan vaqtgacha saqlanib qoladi.

«Kelayotgan bayram arafasida biz «UNG Petro» yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida AI-92 benziniga qulay bahor chegirmalarini taklif qilishdan mamnunmiz! Endi siz avtomobilingizga har litriga atigi 7500 so‘mlik qulay narxda yonilg‘i quyishingiz va biz bilan ajoyib mavsumdan bahramand bo‘lishingiz mumkin», deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, «O‘zbekneftgaz»ga qarashli benzin quyish shoxobchalari tarmog‘i hisoblangan UNG Petro’da AI-92 benzini uchun eski narx 9200 so‘m atrofida edi. 

  • Eslatib o‘tamiz, 2022 yil dekabr oyida gaz «zapravka»lar faoliyatiga cheklov qo‘yilish ortidan benzinga talab keskin oshib ketgandi. Shundan so‘ng 2022 yil 10 dekabrdan AI-80 avtobenzini uchun aksiz solig‘i «nol» stavkada qo‘llanishi va birjada narxlar o‘sish darajasi cheklanishi belgilangandi. Natijada shoxobchalarda AI-80 narxi bir litri uchun o‘rtacha 6800–7500 so‘mdan 5700–6000 so‘mgacha (o‘rtacha 1100 so‘mga) arzonlashgandi.
  • 2023 yil 27 fevral kuni «O‘zbekneftgaz» AI-80 benzinini import va realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik nol stavka muddati 1 mart kuni tugashi, shu kundan e’tiboran chakana narx 6800-7000 so‘mga aylanishi haqida ma’lum qilgandi.
  • 1 martdan esa AI-80 benziniga aksiz solig‘ini «nol» stavkada qo‘llash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgani ma’lum qilindi

Mavzuga oid