Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bitta shaxs nomiga ochiladigan bank kartalarining soni bo‘yicha cheklovlar qanday bo‘ladi?
Markaziy bankning aniqlik kiritishicha, bitta jismoniy shaxsga kartalar sonini vaqtinchalik bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha cheklash masalasi ko‘rib chiqilyapti. Bunda virtual va kobeydjing kartalari ham inobatga olinadi, ammo chet el valutasida ochilgan bank kartalariga nisbatan mazkur qoida tatbiq etilmaydi.
Foto: Kun.uz
Markaziy bank bitta shaxs nomiga beriladigan kartalar sonini cheklash haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Bitta jismoniy shaxsga bitta bank kartasi berilishi bo‘yicha me’yorlar o‘rnatilayotganligi to‘g‘risida axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Bank kartalari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalarning oldini olish, firibgarlik sxemalarida jismoniy shaxslarga tegishli hisobvaraqlar va bank kartalari ishtirokini kamaytirish maqsadida banklar tomonidan bitta jismoniy shaxsga (bitta JShShIRga) kartalar sonini (virtual va kobeydjing kartalarini inobatga olgan holda) vaqtinchalik bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha belgilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda», deyiladi MB xabarida.
Bunda ushbu talab chet el valutasida ochilgan bank kartalariga nisbatan tatbiq etilmasligi aytilgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda jismoniy shaxslarning qariyb 97 foizi (22 mln) 5 tagacha, 3 foizi (770 ming) 5-20 tagacha hamda 0,03 foizi yoki 7 ming nafari 20 tadan oshiq kartalar rasmiylashtirgan.
Avvalroq, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev bitta shaxs nomiga beriladigan kartalar sonini cheklash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:13 / 21.01.2026
Firibgarlar rasmiylashtirgan onlayn kreditlar bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
08:40 / 20.01.2026
«Metan zapravkalar» faoliyatiga yana vaqtincha cheklov kiritildi
20:16 / 17.01.2026
“Yangi bank”ni tugatish komissiyasi ish boshladi
11:59 / 15.01.2026