O‘zbekiston | 18:28 / 26.09.2024
26332
1 daqiqa o‘qiladi

Pensiya tizimi isloh qilinadi

2025 yil 1 martga qadar davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqiladi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» qaror qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, amaldagi davlat pensiya ta’minoti tizimida mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida pensiya ta’minoti tizimining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlashga ma’sul ishchi guruh tashkil etildi.

Ishchi guruh 2025 yil 1 martga qadar davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishi va kiritishi lozim.

Ishchi guruhga belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar, ilmiy va ta’lim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilish huquqi berilgan.

Ishchi guruhga bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov rahbarlik qiladi.

Mavzuga oid