Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qiliş konsepsiyasini işlab çiqiş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida» qaror qabul qilindi.

Qarorga köra, amaldagi davlat pensiya ta’minoti tizimida mavjud muammolarni tahlil qiliş hamda ilğor xorijiy tajriba asosida pensiya ta’minoti tizimining barqarorligini ta’minlaş va ijtimoiy adolatni mustahkamlaşga qaratilgan takliflarni tayyorlaşga ma’sul işçi guruh taşkil etildi.

Işçi guruh 2025 yil 1 martga qadar davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qiliş konsepsiyasi loyihasini işlab çiqişi va kiritişi lozim.

Işçi guruhga belgilangan vazifalarni amalga oşirişda vazirlik va idoralar, ilmiy va ta’lim taşkilotlari, xalqaro taşkilotlar mutaxassislarini, şuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatçilarni jalb qiliş huquqi berilgan.

Işçi guruhga boş vazir örinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov rahbarlik qiladi.