«Eski tuzumdan qolgan amaliyot». Prokurorlarning sud qarorini o‘rganishi cheklanadi
«Endi faqat ish yuzasidan shikoyat kelib tushgan holdagina prokuror sud qarorini olib o‘rganishi mumkin».
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida sud-huquq sohasiga oid masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
«Endi sud orqali insonlarning huquqi tiklanganini e'tirof etish bilan cheklanib qolmasdan, nima sababdan sudgacha bo‘lgan tergov jarayonida inson huquq va erkinliklari buzilgan, degan savolni ham ko‘ndalang qo‘yadigan, tazyiqlar uchun javob beradigan vaqt keldi.
Eski tuzumdan qolgan va hanuz davom etayotgan sud qarorlarini prokuratura tomonidan chaqirib olib, o‘rganish amaliyotini cheklash lozim.
Endi faqat ish yuzasidan shikoyat kelib tushgan holdagina prokuror sud qarorini olib o‘rganishi mumkin», – dedi davlat rahbari.
Ma'lumot uchun, xalqaro standartlarga muvofiq sudyalarni baholash sudyalar xamjamiyati tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra sud raislari vakolatida bu kabi funksiyalar bo‘lishi sud mustaqilligini cheklab qo‘yadi. Shu sababdan bu vakolat Sudyalar oliy kengashi vakolatiga o‘tkazilishi kutilmoqda.
Shuningdek, sudlarning ortiqcha yuklamalarini kamaytirish maqsadida ularning ayrim funksiyalarini (apostil, sud buyrug‘i) boshqa vakolatli idoralarga, xususan notariuslarga berilishi mumkin.
Prezidentning ta'kidlashicha, sud raislari tomonidan sudyalarning faoliyatini baholash va ularga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atish bo‘yicha vakolatlarni qayta ko‘rib chiqish kerak.
«Davlat idoralari mansabdorlari shuni chuqur anglab olsinlar: sudlar mustaqilligini ta'minlash masalasi bundan buyon ham shaxsan Prezidentning qattiq nazoratida bo‘ladi.
Sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak.
Aks holda, buyuk nemis faylasufi Immanuil Kant aytganidek, «adolat yo‘qolgan paytda hayotning qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi».
Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. O‘zbekistonda sudyalar qonunlarning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bo‘lishi kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
- Shavkat Mirziyoyev sud-huquq sohasida erishilgan eng katta yutuqni ma'lum qildi
- O‘zbekistonda beshta kodeks yangidan qabul qilinadi
- Prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etiladi
Mavzuga oid
08:50 / 19.11.2024
Uch hududda 671 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
12:03 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
20:56 / 20.10.2024