O‘zbekiston | 18:44 / 20.06.2017
39481
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat boshqaruvi Akademiyasida Adham Ikromov o‘rniga yangi rektor tayinlandi

Rustam Sobirovich Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari – Tashkiliy-kadr xizmati rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

U bu lavozimda bugun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisligiga o‘tgan Adham Ikromov o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Qosimov o‘tgan yilning sentabrida Alisher Vahobov o‘rniga O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid