Özbekiston respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov Niğmatoviçni boş vazir örinbosari etib tayinladi. Bu haqida Özbekiston respublikasi hukumat portalining yangilangan ma'lumoti dalolat beradi.

Manbaga köra, Abdulla Oripov Vazirlar Mahkamasida Yoşlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari vazifasini bajaradi. Oripov 2002 yilning mayidan 2012 yilning avgustiga qadar boş vazir örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 

Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining şaxsiy tarkibida boşqa özgarişlar ham röy bergan. 

Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga Rustam Qosimov tayinlandi. U 2014 yilning aprelidan buyon şu lavozimda faoliyat körsatgan Alişer Vahobovning örnini egalladi. U 2004−2008 yillarda ham oliy va örta maxsus ta'lim vaziri va boş vazir örinbosari bölgandi.

Inom Majidov Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari, Majid Karimov — ilm-fan böyiça örinbosari etib tayinlangan.