O‘zbekiston | 13:56 / 25.10.2020
11520
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor tayinlandi

Prezident Administratsiyasi sho‘'ba mudiri Anvar Nosirov faoliyatini yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimida davom ettiradi.

Arxiv foto: Tashqi ishlar vazirligi

Prezident farmoyishiga asosan, Anvar Jamoliddinovich Nosirov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar qilindi.

Anvar Nosirov bunga qadar Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati Tashqi siyosat va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta'minlash sho‘'basi mudiri lavozimida ishlagan. Bundan avval esa Tashqi ishlar vazirligi tizimida mas'ul lavozimlarda, xususan, vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan; O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi doimiy vakili, ShHT bosh kotibi o‘rinbosari bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, Markaziy Osiyo xalqaro instituti 2020 yil avgustida prezident qarori asosida tashkil etilgan.

Mavzuga oid