Bugun, 15 iyul kuni Toşkent şahridagi Markaziy Osiyo xalqaro institutining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir avvalida prezident Şavkat Mirziyoyevning tabrigi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan öqib eşittirildi.
Marosimda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi doirasida Toşkent şahriga kelgan Markaziy Osiyo mamlakatlari taşqi siyosat idoralari rahbarlari, BMT, MDH, ŞHT, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş vakillari iştirok etdi.

Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov öz nutqida aytişiça, mazkur institutning oçilişi mintaqaviy va iqtisodiy jarayonlarning ahamiyati tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Vazir yangi muassasa mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini ekspertlar darajasida batafsil muhokama qiliş, turli sohalardagi köp tomonlama loyihalar böyiça amaliy va ilmiy asoslangan takliflarni işlab çiqiş uçun imkoniyat yaratişiga işonç bildirdi.
Ma'lumot uçun, Markaziy Osiyo xalqaro instituti 2020 yil avgustida prezident qarori asosida taşkil etilgan. Öşa yil oktyabrida institutga Anvar Nosirov direktor etib tayinlangan edi.














