Prezident farmoyişiga asosan, Anvar Jamoliddinoviç Nosirov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar qilindi.
Anvar Nosirov bunga qadar Prezident Administratsiyasining Ijro etuvçi apparati Taşqi siyosat va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişni axborot-tahliliy ta'minlaş şö'basi mudiri lavozimida işlagan. Bundan avval esa Taşqi işlar vazirligi tizimida mas'ul lavozimlarda, xususan, vazir örinbosari sifatida faoliyat körsatgan; Özbekistonning Şanxay Hamkorlik Taşkilotidagi doimiy vakili, ŞHT boş kotibi örinbosari bölgan.
Ma'lumot uçun, Markaziy Osiyo xalqaro instituti 2020 yil avgustida prezident qarori asosida taşkil etilgan.













