Ma’lum qilinişiça, Özbekiston tomonidan ŞHTga raislik davrida barça hamkorlik sohalarida 80 dan ortiq tadbir ötkazildi. Bölajak sammitda imzolaş uçun 30 dan ortiq hujjat taqdim etilişi rejalaştirilgan.
«Samarqand sammiti asosiy maqsadlaridan biri ŞHT oilasini yanada kengaytiriş masalasidir. Davlat rahbarlari kengaşi doirasida ŞHTga a’zolik maqomini oliş uçun Eron majburiyatlari töğrisidagi memorandum imzolanişi kutilyapti. Bu ötgan yili Eronni tölaqonli a’zo sifatida qabul qiliş tartibini boşlaş töğrisidagi qarorni amalga oşirişda muhim bosqiç böladi», deb yozadi u.
Bundan taşqari, ŞHT kuzatuvçi va muloqot böyiça şerik davlatlari a’zoligini kengaytiriş töğrisida qaror qabul qilinadi. Sammitda ŞHT va qator xalqaro hamda mintaqaviy taşkilotlar örtasida hamkorlik aloqalarini örnatiş böyiça hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.
Yana bir qabul qilişga tayyorlanayotgan hujjat bu – Şanhay hamkorlik taşkiloti a’zo davlatlari örtasida uzoq muddatli yaxşi qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnomani 2023-2027 yillarda amalga oşiriş böyiça keng qamrovli reja.
Reja loyihasi taşkilot doirasida barça sohalar böyiça amalga oşirilayotgan hamkorlik yönalişlarini jalb qilgan va hozirgi kunda 120 ga yaqin tadbirlarni öz içiga olgan. Asosiy urğu savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişga qaratilgan.














