Özbekiston prezidenti 2017 yilda BMT Boş Assambleyasi oliy minbaridan turib, qator muhim taşabbuslarni, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ilk Maslahat uçraşuvini taşkil etiş böyiça taklifni ilgari surgan edi. Uşbu muloqot formatining ikkinçi yiğilişi Toşkentda ötkazildi hamda mintaqada özaro manfaatli hamkorlikni, hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaş yölida tarixiy voqea böldi.  

Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berişiça, maslahat uçraşuvining ikkinçi sammitida erişilgan barça kelişuvlarni töliq amalga oşiriş, ekspert-tahlil doira vakillari,  amaliyotçi mutaxassislar örtasidagi aloqalarni kengaytiriş, mintaqaviy strategiyani işlab çiqişda ular iştirokini ta'minlaş maqsadida ötgan oyda prezidentning alohida qarori bilan Markaziy Osiyo xalqaro instituti taşkil etildi. 

Institutning asosiy vazifalari sirasiga eng avvalo, mintaqa davlatlari örtasidagi özaro hamkorlikni har tomonlama kengaytirişga qaratilgan strategiya va dasturlarning yangi yönalişlarini işlab çiqişga kömaklaşiş, ularni ilmiy asoslangan holda çuqur tahlil qiliş va tadqiq etiş kiradi. 

Institut mintaqa davlatlari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan izlanişlarni, Markaziy Osiyo xavfsizligi bilan boğliq turli boşqa tahdid va muammolarni samarali hal etişga qaratilgan tizimli tadqiqot işlarini olib boradi. 

Qöşni davlatlarning taşqi siyosat konsepsiya va maqsadlarini tahliliy yondaşuvlar asosida puxta örganadi, mintaqaviy ahamiyatga ega turli loyihalarni batafsil tahlil qiladi va bölib ötadigan mintaqaviy xalqaro ilmiy anjuman va tadbirlarda bu mavzularni muhokama qiladi.