Institut direktori Anvar Nosirov va Moskva davlat universiteti huzuridagi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, Moskva davlat universiteti qoşidagi Possovet hududida ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni örganiş markazi, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Xalqaro tadqiqotlar instituti Şarqiy Osiyo va ŞHT tadqiqotlar markazi örtasida  hamkorlik şartnomalari  imzolandi.

Şartnomada siyosiy, iqtisodiy, suv va atrof-muhit, tarixiy-madaniy va gumanitar sohalarda tadqiqotlar olib boriş nazarda tutilgan. Institutlar mutaxassislari örtasida qöşma forumlar, seminarlar, muloqot anjumanlari, davra suhbatlari, brifinglar, maslahatlaşuvlar taşkil etiladi.

Bundan taşqari, Rossiya strategik tadqiqotlar instituti direktori Mixail Fradkov bilan uçraşuv çoğida institut vakillarining Toşkentda bölib ötadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy özaro boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” yuqori darajali xalqaro anjumandagi iştiroki böyiça suhbatlaşildi.

Ma'lumot uçun, Markaziy Osiyo xalqaro instituti 2020 yil avgustida prezident qarori asosida taşkil etilgan. Uning asosiy faoliyat yönalişlaridan biri - yetakçi xorijiy muassasalar va mutaxassislar iştirokida qöşma tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oşiriş.