O‘zbekiston | 14:58 / 19.12.2022
6007
2 daqiqa o‘qiladi

Onkologiya markazi va uning ikkita filiali savdosi jamoatchilik e’tirozidan so‘ng to‘xtatildi

Auksionga qo‘yilgan Respublika onkologiya markazi hamda uning Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallari savdosi bugun bo‘lib o‘tishi kerak edi. Uchta shifoxona ham buyurtmachining bildirgisiga asosan savdodan olingan.

Respublika onkologiya markazi hamda uning Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallari hukumatning yashirin qaroriga asosan bino-inshootlari bilan sotuvga qo‘yilgani ko‘plab muhokamalarga, jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Auksionga qo‘yilgan shifoxonalarning savdosi bugun, 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Lekin buyurtmachining bildirgisi bilan savdo vaqtincha to‘xtatilgan va lotlar savdodan olingan

Oldinroq Kun.uz manbasi markazning Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallari binolari sotuvdan olingani, auksionda faqat Respublika onkologiyasi markazi binosi sotilishi, markaz yangi qurilayotgan onkologiya kompleksiga ko‘chib o‘tishini bildirgandi.  

Mavzuga oid