“Bu borada jarayonlar ketyapti. Bu özingiz aytganingizdek murakkab jarayon. Şuning uçun bu borada muhokamalar ketyapti. Bu savolga javob berişga biz bugun tayyor emasmiz. Aniq javob berişga hozir imkoniyatimiz yöq”, – dedi vazir örinbosari Elmira Bositxonova bugun, 9 dekabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida.

Eslatib ötamiz, Özbekiston hukumati Respublika onkologiya markazi hamda uning Toşkent şahar va Toşkent viloyati filiallari yeri va binolarini sotib yuborişga qaror qilgan. Lekin bu qarorlar heç qayerda oçiq e’lon qilinmagan.

Jamoatçilik bu haqda auksionlar töğrisidagi e’lonlardan bilib qolgaç, jiddiy e’tirozlar paydo bölgandi.