Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sentyabrdan maktab direktorlarining maoshi oshiriladi
1 sentabrdan e’tiboran, maktab direktorlarining oyligi 20 foizga, direktor o‘rinbosarlarining oyligi 15 foizga oshiriladi. 1 yanvardan boshlab yuqori samaradorlik ko‘rsatgan maktab direktorlari 20 foiz, o‘rinbosarlari esa 10 foiz ustama olishi mumkin bo‘ladi. Bog‘cha mudirlarining ham maoshi ko‘tarilmoqda.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda maktablar va bog‘chalar rahbarining oyligi oshirilmoqda. Bu – joriy yil mart oyida qabul qilingan prezident farmonida ko‘zda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 sentabrdan boshlab:
- maktab direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;
- maktab direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi.
I va II guruhga kiruvchi bog‘cha direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi maktab direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi (ya’ni oshiriladi).
Avvalroq yangi o‘quv yilidan boshlab maktab direktorlari va o‘rinbosarlari hamda bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshishi aytilgandi.
Yuqoridagi farmonga asosan, 2026 yil 1 yanvardan boshlab, maktablarning direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
Mavzuga oid
20:14 / 16.12.2025
Toshkentda 75 tadan maktab va bog‘cha yetishmayapti
08:42 / 08.12.2025
Sinfni o‘zgartirish: ota-onalar qanday tartibda murojaat qiladi?
10:40 / 04.12.2025
Maktab va bog‘chalar qurilishini moliyalashtirish mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi
12:24 / 19.11.2025