Muhokamalar portaliga “Kasbiy ta’lim taşkilotlari öquvçilari öqişini köçiriş yoki qayta tiklaş, umumiy örta ta’lim maktablarining 10-sinf öquvçilarini texnikumlarga köçiriş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning ma’muriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi joylaştirildi.
Loyihaga köra, maktablarning 10-sinf öquvçilarini texnikumlarga öqişini köçiriş faqat joriy öquv yilida boşlanğiç kasbiy ta’lim dasturlari asosida maktablarning 9-sinf bitiruvçilari hisobidan şakllantirilgan kunduzgi ta’lim şakliga ruxsat beriladi.
Öqişini köçiriş böyiça arizalarni röyxatdan ötkaziş Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) yoki maxsus platforma orqali qişki ta’til davrida — 28 dekabrdan 17 yanvargaça amalga oşiriladi.
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
— öquvçining şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-kartadagi JŞŞIR);
— voyaga yetmaganlar uçun tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma ma’lumotlari.
Ma’lum qilinişiça, mazkur nizom qoidalari nodavlat kasbiy ta’lim taşkilotlari uçun tavsiyaviy hisoblanadi.
Hujjat loyihasi jamoatçilik muhokamasi bosqiçida.
















