Jamiyat | 19:43 / 03.07.2025
4043
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi

3 iyuldan boshlab Yashnobod tumanidagi Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Ushbu ko‘chadagi qurilish-ta’mirlash ishlari 10 iyulga qadar davom etadi.

Foto: YHXX

Qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 3 iyul kunidan boshlab Yashnobod tumanidagi Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Yo‘lning yopiladigan qismi: THAY—Ohangaron shohko‘chalari aylanma harakatidan — Ohangaron shohko‘chasi bo‘ylab «Sharq» YPX maskanigacha bo‘lgan qismi.

Ishlarni bajarish muddati: 2025 yil 3 iyul kunidan 10 iyul kuniga qadar davom etadi.

«Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanib, Husayn Boyqaro, Parkent yo‘li, Xonobodtepa, Shohimardon ko‘chalaridan harakatlanishlari tavsiya etiladi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2 iyul kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Rohat aylanma yo‘lida avtomobil harakati vaqtincha yopilgandi.

Transport vazirligi Toshkent shahrining Bektemir tumani hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lining 0–3 km oralig‘ida yo‘lning asfalt-beton qoplamasini ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani tufayli 3 iyuldan 8 iyulga qadar mazkur yo‘l uchastkasida harakat bir tomonlama yopilishi haqida ma’lum qilgan.

Mavzuga oid