Toshkentda avtobuslarning intervali 10-12 daqiqaga qisqaryapti - vazirlik
16-17 dekabr kunlari Toshkentga 204 ta avtobus olib kelinib, yo‘nalishlarga chiqarildi. Buning natijasida avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqarmoqda, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi Transport vazirligi axborot xizmati.
Vazirlikka ko‘ra, shahardagi 148 ta yo‘nalishning 34 tasi muammoli ekani aniqlangan.
“Barcha yo‘nalishlarga 200 dan ortiq qo‘shimcha avtobus jalb etilgach, 17 ta yo‘nalishdagi muammo bartaraf etilgan. Biroq aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yana 21 ta yangi avtobus yo‘nalishi shakllantirilishi zarur”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, shahridagi 8 ta avtobus parkining 1 374 ta transport vositasi to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan, 259 ta texnik nosoz holatdagi avtobusning 89 tasi ta’mirlangan.
“Haydovchilar tanqisligini bartaraf etish maqsadida 2 425 nafar “D, E” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega shaxslar ro‘yxati shakllantirildi, hozirga qadar ularning 140 nafardan ko‘prog‘i ishga qabul qilindi.
Avtobus saroylaridagi mavjud issiqlik, suv va shu kabi boshqa muammolar bartaraf etildi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bu o‘zgarishlar prezident Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni Uchtepa tumaniga borib, avtobus saroylaridan birini ko‘zdan kechirgani, shu vaqtdagi tanqidlar va ko‘rsatmalar bilan bog‘liq.
Davlat rahbari topshirig‘i bilan, Toshkentdagi 8 ta avtobus saroyi IIV, FVV va Milliy gvardiya qaramog‘iga berildi.
Mavzuga oid
18:52
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024